Qodir baxshi Rahimov ijodiy kechasi bo'lib o'tdi
20 Sep, 2023 - 11:59
423
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Qodir baxshi Rahimov ijodiy kechasi bo'lib o'tdi
18-sentabr kuni Respublika baxshichilik san’ati markazida Qodir baxshi Rahimov ijodiga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Unda Qodir baxshi Rahimov ijod yo‘li aks etgan “Saylanma I” va “Saylanma II” kitoblari Respublika baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab internatiga taqdim etildi.
Mazkur kitoblar baxshichilik maktabida tahsil olayotgan yoshlarga ushbu san’at turini o‘zlashtirishda, nazariya va amaliyotni chuqur o‘rganishda o‘quv qo‘llanma sifatida muhim o‘rin tutadi.