Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasiga rahbar tayinlandi

20 Sep, 2023 - 11:54
414
Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Bugun Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Madaniyat vaziri o'rinbosari Murodjon Madjidov olib borgan yigʻilishda tashkiliy masala ko'rildi.

Madaniyat vazirining buyrug'i bilan Tilavov Sherzod Beshimovich Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U tayinlovga qadar Kogon shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Sherzod Tilavovning yangi lavozimdagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash