Davlat boshqaruvi akademiyasida yosh mutaxassislar va rejissorlar uchun oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda
23 Aug, 2023 - 22:49
1123
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Madaniyat vazirligi tasarrufida faoliyat yuritib kelayotgan yosh mutaxassislar va rejissorlar uchun oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtmoqda. Mashgʻulotlardan maqsad yosh mutaxassislar va ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning malakasini oshirish, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, bugungi kundagi davlat siyosati hamda soha rivojiga boʻlgan eʻtiborlarini tubdan takomillashtirish, siyosiy bilimlarini oshirish, soha bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganishdan iborat.
Madaniyat vaziri o‘rinbosari B.Ahmedov, madaniyat vaziri o‘rinbosari M.Madjidov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professorlari qiziqarli va muhim mavzularda ma’ruzalar qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida davlat fuqarolik xizmatining tashkiliy, huquqiy asoslari, madaniyat va san’at muassasalarini zamonaviy boshqaruv, sohaga yoshlarni keng jalb qilishda xalqaro tajriba, madaniyat va san’at orqali O‘zbekistonninig xalqaro nufuzini oshirish, strategik boshqaruv va forsayt, taym menedjment va psixologik treninglarda yoshlar o‘z bilim-salohiyatlarini mustahkamlamoqda.
Darslar joriy yilning 25-avgustiga qadar davom etadi.