Marg'ilonda musiqa va san'at maktablari o'qituvchilarining an'anaviy Avgust anjumani bo'lib o'tdi

19 Aug, 2023 - 23:53
653
Marg'ilonda musiqa va san'at maktablari o'qituvchilarining an'anaviy Avgust anjumani bo'lib o'tdi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Joriy yilinig 19-avgust kuni Farg'ona viloyati Marg'ilon shahar 10-BMSM da viloyat musiqa va san'at maktablari o'qituvchilarining "Sifatli ta'lim-kelajak poydevori" shiori ostidagi an'anaviy Avgust anjumani bo'lib o'tdi.  

Anjumanda ta'lim sifatini oshirish, sohadagi yutuq va kamchiliklar, kelajakdagi vazifalar haqida ma’ruza qildilar. O'quv yili davomida yuqori natijalar ko'rsatgan ustozlar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirladi.

Xonalarda davom etgan anjumanda sho‘balar va seleksiya rahbarlari 2023-2024-o'quv yilidagi  rejalarini o‘zaro kelishib oldilar.

O‘zbekiston xalq hofizi Ilhomjon Ibrohimov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Qilichbek Tojiyevlar ijro etgan qo‘shiqlar anjuman ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash