Prezident maslahatchisi O‘zbekiston davlat yoshlar teatri faoliyati bilan tanishdi
18 Aug, 2023 - 22:43
880
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan teatr san’atini yanada rivojlantirish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan joriy yilning 18-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odil Abdurahmonov O‘zbekiston davlat yoshlar teatri bo‘ldi.
Tegishli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari bilan birgalikda teatrning ijodiy faoliyati, moddiy-texnika bazasi va olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston davlat yoshlar teatri binosidagi qurilish-ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish choralarini ko‘rish, ijodiy jamoa repetitsiyalari va spektakllarni Toshkent shahridagi boshqa teatrlar binolari, madaniyat saroylarida namoyishini tashkil etish, gastrol safarlarini uyushtirish hamda teatrning ijodiy faoliyatini yanada takomillashtirishga bog‘liq masalalar muhokama etildi.
Shuningdek, teatr san’ati sohasidagi kamchiliklar muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.