O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialiga yangi rahbar tayinlandi

18 Aug, 2023 - 15:37
2488
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialiga yangi rahbar tayinlandi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi rahbariyati hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov oliygohning Farg‘ona mintaqaviy filialiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori lavozimiga professor Mirmuhsin Gapurov tayinlandi.

Tayinlovga qadar Mirmuhsin Gapurov O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori lavozimida faoliyat olib borgan.

Rahbariyat tomonidan yangi rahbarning o‘tgan yillar davomidagi samarali faoliyatini e’tirof etishib, muassassa nufuzini oshirishda katta hissa qo‘shishiga ishonch bildirildi.

Shu bilan birga, yangidan qurilib, foydalanishga topshirilishi kutilayotgan o‘quv binosi, talabalar turar joyining tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Qolaversa, filialning istiqbolli rejalari, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, ilmiy salohiyat, xalqaro hamkorlik hamda tijoratlashtirish masalalari bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash