“O‘zbek-turk adabiy aloqalarini rivojlantirishda yoshlarning o‘rni” mavzusida adabiy anjuman o‘tkazildi
18 Aug, 2023 - 14:07
766
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Turk-o'zbek dunyosida adabiyotni, madaniyatni, turizmni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar bugungi kunda ko‘plab sohalar orqali amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, turk tilida adabiy asarlar yozilishi, tarjimalar qilinishi rivojlantirishga qaratilgan yo‘nalishlarning o‘rnini yanada oshirishga xizmat qiladi.
13-18-avgust kunlari Turkiyaning Alaniya shahridagi Savdo-sanoat palatasining konfrensiyalar zalida Turkiyaning nufuzli nashryoti Baygench nashriyoti bilan hamkorlikda “O‘zbek-turk adabiy aloqalarini rivojlantirishda yoshlarning o‘rni” mavzusida adabiy anjuman o'tkazildi. Anjumanda bir guruh adabiyot vakillari, professor o'qituvchilar va yosh ijodkor talabalarning maqola, she'r va hikoyalari jamlangan to'plamning ham taqdimoti bo'lib o‘tdi.
O'zbekistondan vakillar sifatida Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti xorijiy filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Nilufar Ruxillayeva, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi professori Gulshan Nasrullayeva, Samarqand davlat universiteti filologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Sharof Ro'ziboyev va Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri TIQXMMI_MTU_Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar insituti 3-bosqich talabasi Inobat Karimova qatnashdi va taqdirlandi.
Turk ijodkorlardan Garip Go‘rgulu, Alaniya kutubxonasi muduri Ahmet bey, Sinan Seydog'lu, Go‘khan Go‘rgulu , Alaniya shahar vitse-prezidenti Akdullah Akbash, Ayur Shahin, Tabiat va turizm uyushmasi prezidenti Shafak kuru, Turgay Duman, Kitapevi sahibi Halit kaya,Bulent Kandemir, Mustafa Eroglular ishtirok etishdi va yangi jurnal shartnomasi imzolandi.
Undan tashqari,Gulshan Nasrullayeva va Sharof Ro'ziboyevlarning turk tilida chop etilgan kitoblari taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.