Teatr va sirk san’atini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
15 Aug, 2023 - 00:51
1208
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘zbek teatr va sirk san’atini yanada rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan joriy yilning 14 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odil Abdurahmonov “O‘zbeksirki” davlat muassasasi hamda O‘zbekiston davlat drama teatriga tashrif buyurdi.
Tegishli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari bilan birgalikda sirk va teatrning ijodiy faoliyati hamda moddiy-texnika bazasi holati o‘rganildi.
Shuningdek, teatr va sirk tomoshalarining badiiy-g‘oyaviy saviyasi, tarbiyaviy ahamiyatini oshirish hamda muassasalarning infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha muhokama o‘tkazilib, tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish belgilab olindi.