“Korea New Network” telekompaniyasi ijodkorlari mamlakatimiz hunarmandchiligi haqida videorolik suratga olmoqda

19 Jul, 2023 - 10:10
562
“Korea New Network” telekompaniyasi ijodkorlari mamlakatimiz hunarmandchiligi haqida videorolik suratga olmoqda

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Janubiy Koreyaning yetakchi telekompaniyasi “Korea New Network” (KNN) tomonidan 36 qismdan iborat “Osiyo hunarmandchiligi” nomli teleko‘rsatuv loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida O‘zbekiston hunarmandchiligi, jumladan, kashtachilik va zargarligi to‘g‘risida “Buxoro oltin iplari” mavzusida videorolik ham tayyorlanyapti.

Xalqaro xalq sanati tashkilotining Osiyo mintaqaviy bosh kotibi Moon Hyuk Sukning tashabbusi bilan Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magi asosida amalga oshirilayotgan loyihaga ko‘ra, KNN telekompaniyasi ijodkorlari ayni damda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Ijodiy guruh videorolik tayyorlash uchun Toshkent shahri va Buxoro viloyatlarida mavjud madaniy meros obyektlarida tasvirga olish ishlarini amalga oshirmoqda. Ushbu mediakontent kelgusida O‘zbekiston madaniyati va turizm salohiyatini Koreya davlati va Sharqiy Osiyo mintaqasida targ‘ib qilinishi hamda malkatimizga kirib keluvchi sayyohlar sonini oshishida xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, “Korea New Network” (KNN) telekompaniyasi – 1995-yilda o‘z faoliyatini boshlagan va “Korea Broadcasting Awards” mukofoti bilan taqdirlangan. Mediakompaniya tomonidan Osiyoning 30 ta davlatidan 50 xil turdagi hunarmandchilikka oid ko‘rsatuvlarni o‘ziga jamlagan – tarixda birinchi bor 36 qismli serial sifatida tasvirga tushirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash