Turizm va mehmonxona yo‘nalishidagi pedagoglarga sertifikatlar topshirildi

17 Jul, 2023 - 13:07
433
Turizm va mehmonxona yo‘nalishidagi pedagoglarga sertifikatlar topshirildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Turizm, mehmonxona sohalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar uchun O‘zbekiston mehmonxonalar assotsiatsiyasi huzuridagi “Mehmondo‘stlik va servis maktabi” nodavlat ta’lim muassasasida 36 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Mehmonxonalar assotsiatsiyasi va Germaniyaning Bildungswerk der Sachsischen Wirtschaft gGmbH (BSW) tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasiga asosan O‘zbekiston mehmonxonalar assotsiatsiyasi huzurida “Mehmondo‘stlik va servis maktabi” nodavlat ta’lim muassasasi tashkil etilgan hamda ushbu loyiha doirasida O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning yetakchi ekspertlarini jalb qilgan holda o‘quv kurslari o‘tkazib kelinmoqda.

Malaka oshirish kurslari yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash