Namanganda madaniyat markazi xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi
17 Jul, 2023 - 11:17
495
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Namangan viloyati Madaniyat markazida O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining madaniyat markazi xodimlari uchun "Ijodiy makon" bosh g'oyasi asosida madaniyat markazlarida to'garak, studiya va jamoalar faoliyatini tashkil etish, madaniyat markazlarida pullik xizmatlarni yo'lga qo'yishga bag'ishlangan seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminar-treningga rahbar va ijodiy xodimlardan iborat 400 nafardan ortiq xodimlar ishtirok etdi.
Seminarda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi mas'ul mutaxassislari hamda Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish metodik markazi vakili vazirlikning tegishli buyruqlari yuzasidan tushuncha va ma'lumotlar berdi.