2023-yilning II choragi yakuni boʻyicha Vazir oʻrinbosarlari faoliyatining yakuniy natijalari togʻrisida yig'ilish bo'lib o'tdi

14 Jul, 2023 - 11:52
453
2023-yilning II choragi yakuni boʻyicha Vazir oʻrinbosarlari faoliyatining yakuniy natijalari togʻrisida yig'ilish bo'lib o'tdi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi majlislar zalida vazirlik apparati rahbar va xodimlari, tizim tashkilot rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma‘muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-sonli Farmoni 15-bandi bilan har yil boshida vazir o‘rinbosarlari kesimida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga (indikatorlarga) erishish bo‘yicha harakatlar dasturini ishlab chiqish va jamoatchilikka taqdim etish belgilanganligiga asosan 2023-yilning II choragi yakuni boʻyicha Vazir oʻrinbosarlari faoliyatining yakuniy natijalari toʻgʻrisida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Madaniyat va turizm vaziri O.Nazarbekov vazir o‘rinbosarlari tomonidan taqdim etilgan ko‘rsatkichlarning bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borilishi va unung natijalarini tanqidiy tahlil qilib, ularning faoliyati yakuniy natijalarini ko‘rib chiqish uchun har chorakda yig‘ilish o‘tkazish, har bir vazir o‘rinbosarlariga berilgan baho natijalari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar, shu jumladan, tegishli o‘rinbosarlar o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi oldida hisobdorligini ta’kidlab o‘tdi. 

2023-yilning 3-iyul sanasida yangi tahrirda qabul qilingan “Raqobat to'g'risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, muhim jihatlari xususida tushuntirish berildi.

Vazir o‘rinbosarlarining 2023-yil II chorak faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari ko‘rsatkichlarining bajarilishi ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

Shuningdek, Vazir oʻrinbosarlari hamda tegishli boshqarma va bo‘linmalariga 2023-yil III choragi uchun tegishliligi bo‘yicha faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari ijrosini oʻz muddatida ta’minlash boʻyicha zaruriy choralarni koʻrish topshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash