“National Geographic” O'zbekistondagi sayyohlar uchun yaxshi mehmonxonalarni tavsiya qildi

11 Jul, 2023 - 14:01
500
“National Geographic” O'zbekistondagi sayyohlar uchun yaxshi mehmonxonalarni tavsiya qildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

AQSHning yirik “National Geographic” nashrida O‘zbekistonga borgan sayyohlar tunab qolish uchun qulay va chiroyli mehmonxonalar ro‘yxatini e'lon qildi.

“O‘zbekistonda qolish uchun eng yaxshi 7 ta joy” nomli maqolada O‘zbekistondagi“MIRZO Boutique HOTEL”, “Malika Hotel In Samarkand”, “Bahodir B&B Samarkand”, “Minzifa Inn Bukhara”, ‘Meros B& Khiva’, “Nuratau Homestays”, “Desert Yurt Camps” mehmonxonalari haqida yoritilgan.

Mehmonxonalarning joylashgan joyi, kelib chiqish tarixi, ko‘rsatiladigan xizmat turlari, an’anaviy o‘zbek uslubida bezatilgan dizayni, Aydarko‘l ko‘li, Qizilqum cho‘li haqida etib o‘tilgan.

Ma’lumot uchun: “National Geographic” AQSh Milliy geografiya jamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan badiiy bo‘lmagan filmlarni namoyish etadigan Amerika televizion tarmog’i hisoblanadi. Kanal hujjatli filmlarni efirga uzatadi, ularning asosiy mazmuni ko‘pincha fan, tabiat, madaniyat, tarix va kashfiyotlar bilan bog‘liq.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash