Turk dunyosi fotograflari uchun Nurota tumanidagi "Chashma" tarixiy-me'moriy majmuasiga infotur tashkil etildi

11 Jul, 2023 - 11:19
498
Turk dunyosi fotograflari uchun Nurota tumanidagi "Chashma" tarixiy-me'moriy majmuasiga infotur tashkil etildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Bugungi kunda Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan turkiy tilli davlatlarda yurtimiz turizm salohiyatini keng targ‘ib etish hamda ushbu davlatlardan mamlakatimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY)ga a’zo davlatlardan O‘zbekistonning boy madaniyati va turizm imkoniyatlarini keng targ‘ib etish maqsadida “Turk dunyosi fotograflari uchrashuvi” loyihasi doirasida mahoratli fotograflar uchun Nurota tumanida joylashgan "Chashma" tarixiy-me'moriy majmuasida infotur tashkil etildi.

14 ta davlatdan kelgan nufuzli nashrlarda faoliyat ko‘rsatuvchi ijodkorlar o‘z media materiallarida Navoiy viloyatining tarixiy, diqqatga sazovor turistik joylari hamda etnografik an’analarini ham aks ettirishni rejalashtirgan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash