Tokioda “Samarqand –Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kompaniyasi o‘tkazildi

05 Jul, 2023 - 16:42
452
Tokioda “Samarqand –Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi”  targ‘ibot kompaniyasi o‘tkazildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-135-sonli qarorda to‘g‘ridan - to‘g‘ri aviareyslar sonini oshirish, MICE turizm yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish orqali  2023-yilda Samarqandga 2 mln 104 ming nafar xorijiy sayyohlar tashrifini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Samarqand viloyati delegatsiyasining Yaponiya Respublikasiga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi binosida “Samarqand–Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kompaniyasi o‘tkazildi.

Tadbirda HIS Co Ltd, Hankyu travel, All Season Travel, Yomiuri Travel service kabi Yaponiya turizm sohasidagi yetakchi kompaniyalar, ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.

Targ‘ibot kompaniyasi doirasida Samarqand viloyat turizm salohiyati, sayyohlar uchun viloyatda yaratilgan ifratuzilma obyektlari hamda o’zbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi to’g’risida olib borilgan  targ‘ibot ishlari yaponiyaliklarda katta taasurot uyg‘otdi. 

Yaponiya turizm sohasi vakillari bilan xorijiy sayyohlarni yurtimizga jalb etish, turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan imkoniyatlar hamda so‘nggi yillarda Samarqandda tashkil etilgan yangi turizm mahsulotlari tashrif buyuruvchilarga taqdim etildi. Uchrashuv doirasida, G2B, B2B formatidagi uchrashvlar tashkil etilib, tadbirkorlik subyektlari o’rtasida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, turizm sohasida investitisya kirtish istagida bo’lgan investortlar bilan uchrashuvlar o‘tkazlidi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash