“Navro‘z” istirohat bog‘ida “Maydon tomoshalari” festivali bo‘lib o‘tmoqda

05 Jul, 2023 - 12:59
540
“Navro‘z” istirohat bog‘ida “Maydon tomoshalari” festivali bo‘lib o‘tmoqda

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Madaniyat va turizm vaziri O.Nazarbekov xorijlik bir guruh mehmonlar bilan Toshkent shahrida joylashgan “Navro‘z” istirohat bog‘idagi “Maydon tomoshalari” festivaliga tashrif buyurdi va madaniyat-san'at maydonchalari bilan yaqindan tanishdi.

Ushbu festivalda o‘zbek milliy urf odatlarini aks ettiruvchi teatrlashtirilgan musiqiy dasturlar namoyish etilmoqda.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi qoshidagi xalq cholg‘ulari orkestri tomonidan o‘zbek xalq milliy qo‘shiqlari hamda retro musiqalar jonli ijro etilib, ushbu istirohat bog‘iga tashrif buyurgan mehmonlar uchun yuqori madaniy kayfiyat ulashmoqda.

Bog‘ga kirish qismining chap tomonida folklor jamoalari tomonidan o‘zbek milliy xalq o‘yinlari hamda Respublika estrada sirk kolleji tomonidan sirk tomoshalari tashkil etilgan. Shu bilan birga ushbu festivalda o‘zbek xalqining milliy o‘yinlaridan bo‘lgan dorbozlik san’ati namunalari namoyish etilyapti.

Dorbozlik san’at o‘zbek xalqining uzoq asrdan asrlarga o‘tib kelayotgan nomoddiy madaniy merosi hisoblanadi. Ayni kez respublika bo‘yicha jami 27 ta dorbozlar jamoasi faoliyat yuritmoqda. Festivalda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi “Marjona” xalq unvoniga ega jamoasi tomonidan 12 metrlik dor ustida o‘z mahoratlarini namoyish etmoqda.

Shu bilan birga ushbu festival doirasida gastronomik ko‘cha tashkil etilgan. Unda tomoshabinlar turli milliy taomlardan bahramand bo'lish imkoniga ega.

Qolavers, Labihovuz majmuasida faolklor-etnografik ansabllari o‘z dasturlarini tomosha qilishingiz mumkin. Bu majmuada barcha viloyatlarimiz xususan, tarixiy hududlarimiz Buxoro, Xorazm, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrining jamoalarining kompozitsion chiqishlari namoyish etiladi.

Festival doirasida tasviriy va amaliy san’at ustalarining o‘zlar tomonidan yaratilgan asarlari namoyish etilmoqda.

Shu bilan birga musiqiy dasturda G‘anijon Toshmatov nomidagi dutorchi qizlar ansamblining o‘z repertuarlaridan musiqiy dasturlari bilan tomoshabinlarga hushnudlik ulashmoqda.

Shuningdek, ushbu festivalda O‘zbekiston xalq baxshisi Ismoil Anvarov, Ochil Chorshanbiyev hamda baxshilar Erkin O‘rolov va Elyor Mamatraimovlar ishtirok etmoqdalar.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash