Madaniyat markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tashkil etildi

03 Jul, 2023 - 12:11
913
Madaniyat markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tashkil etildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirining 2023-yil 19-iyundagi 380-son buyrug‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzurida madaniyat markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha JAMOATCHILIK KЕNGASHI tashkil etildi.

Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:

-madaniyat markazlarida aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini o‘rganish, ularda madaniy ehtiyojlarni qondirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘lamini o‘rganish;

-ijodiy jamoalarning milliy qadriyat, urf-odat va an’analarni o‘zida mujassam etgan namunali dasturlari shakllantirilganligi, xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik san’atini saqlab qolish va -rivojlantirish, badiiy va amaliy ijodiy jamoalar, havaskorlik guruhlari faoliyatini o‘rganish;

-bolalarni to‘garaklarga jalb etish holati va to‘garaklarning tashkil etilganlik darajasi;-madaniyat markazlarida kadrlar salohiyatini tahlil etish va tavsiyalar ishlab chiqish;

-ommaviy bayram, tomosha va xalq sayillarini tashkillashtirish, ijtimoiy-madaniy sohada yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ularga pulli xizmatlar ko‘rsatish holati;

-tanlovlar, xalq ijodiyoti va tomosha san’atining tuman (shahar) festivallarini o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar darajasi.

Shuningdek, Kengash madaniyat markazlari faoliyatini tizimli ravishda o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha hududiy boshqarmalarga takliflar kiritish, madaniyat va turizm bo‘limlariga jamoatchilik kengashi vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritish, madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish va vazirlikka kiritish singari huquqlarga ega.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash