Bir guruh yoshlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

30 Jun, 2023 - 17:10
726
Bir guruh yoshlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Joriy yilning 30-iyun kuni «Mard O‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda alohida faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va qobiliyati, intiluvchanligi, tashabbuskorligi va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yanada oshirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, xalq manfaati va yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan fidoyi va mard o‘g‘lonlardan bir guruhi mukofotlandi.

Quvonarlisi, ular orasida madaniyat va san’at yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan yoshlar ham bor. Jumladan, Nukus shahridagi 12-bolalar musiqa va san’at maktabining baxshichilik bo‘limi o‘qituvchisi Yendirbayev Davronbek Gulman o‘g‘li va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining opera ijrochisi Yigitaliyev Saidasror Shavkat o‘g‘li «Mard O‘g‘lon» davlat mukofotiga loyiq deb topildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga ko‘ra, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi Asqaraliyeva Mahliyoxon Akmaljon qizi va o‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli artisti Raxmonova Nargizaxon Baxtiyorjon qizi "Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandi.

Madaniyat va turizm vazirligi barcha mukofot egalarini yuksak e’tirof bilan tabriklaydi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash