“Yangi Oʻzbekistonning yangi isteʼdodlari” qoʻshiqlar teletanlovi gʻoliblari aniqlandi
22 Jun, 2023 - 20:04
686
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Avval xabar qilganimizdek, “Yangi Oʻzbekistonning yangi isteʼdodlari” qoʻshiqlar teletanlovining soʻnggi bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi.
Madaniyat va turizm vazirligi hamda Milliy teleradiokompaniya hamkorligida tashkil etilgan tanlovnning yakuniy bosqichi va mukofotlash marosimi “Madaniy va ma’rifat” telekanalida boʻlib oʻtdi.
16-35 yoshdagi ijodkorlardan 10 nafari 21-iyun kuni oʻz mahoratlarini namoyish etdi va nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
Teletanlov yakuni boʻyicha quydagilar gʻolib deb topildi:
1-oʻrin: Kamalova Sarvinoz, Toshkent shahri
2-oʻrin: Roxatov Umidjon, Toshkent viloyati
3-oʻrin: Gʻaybullayev Doston, Jizaax viloyati.
Gʻoliblari Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, barcha ishtirokchilar faol ishtirok i uchun fahriy yorliq bilan ragʻbatlantirildi.