Singapur nashrlarida O‘zbekiston turistik salohiyatiga oid maqolalar chop etildi
22 Jun, 2023 - 18:41
569
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Singapur Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga Oliy darajadagi tashrifi doirasida Singapur Respublikasi bilan madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda ushbu davlatdan sayyohlar sonini oshirish maqsadida Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Singapurning sayyohlik agentliklari milliy assotsiatsiyasi (NATAS) boshchiligida Singapurning yetakchi sayyohlik kompaniyalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun info-tur tashkil etilgan edi.
Bundan tashqari 24-may kuni Toshkent shahrida Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston-Singapur turizm yo‘nalishi tadbirkorlari o‘rtasida o‘tkazilgan ochiq muloqotda ham singapurlik turoperatorlar va OAV vakillaridan iborat delegatsiyasi ishtirok etgan edi.
Singapurning eng yirik bosma nashrlaridan biri “The Straits Times” (www.straitstimes.com) gazetasida O‘zbekiston turistik salohiyatiga oid maqolalar chop etildi.
Maʼlumot uchun, “SPH Media” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan “The Straits Times” Singapurning asosiy ingliz tilidagi kundalik gazetasi, Osiyodagi yetakchi media kompaniyalardan biri. 1845-yil 15-iyulda tashkil etilgan gazeta mamlakat va dunyoning asosiy yangiliklarini har tomonlama yoritib boradi. Kundalik tiraji bir million nusxani tashkil qiladi.
Maqolada O‘zbekiston ulkan sayyohlik salohiyatiga ega ekanligi, turizm infratuzilmasi yuksak darajada rivojlangani qayd etilgan. Mamlakatning turizm sohasi jadal rivojlanayotgani, bu anʼanaviy o‘zbek mehmondo‘stligi va boy tarixiy-madaniy merosi bilan bir qatorda O‘zbekistonni tobora jozibador va nisbatan arzon sayyohlik maskaniga aylantirilayotgani ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning noyabr oyida Markaziy Osiyoda birinchi marta O‘zbekistonda Butunjahon sanitar-gigiyenik shahobchalar sammitini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.