Buxoro viloyatining shahar va tumanlarida “Inson qadri uchun” gʻoyasi ostidagi ma’rifiy-madaniy tadbirlar oʻtkazilmoqda
22 Jun, 2023 - 12:48
586
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 17-fevral Buxoro viloyatida tashrifi yakunlari boʻyicha berilgan 11-son topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoro viloyati Romitan tumanining Gazli shaharchasi, "Bogʻi Turkon" "Chelongʻu" va Romitan tumani istirohat bogʻida tumanning barcha mahallalari aholisi uchun "Inson qadri uchun" g'oyasi ostida madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Mazkur tadbirlarda bir guruh san'at ustalari -Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Tolibjon Moʻminov, Mehriddin Rahmatov, Mirolim Qilichov," Nihol" davlat mukofoti sovrindorlari Dilfuza va Marjona Qobilovalar, shuningdek, yoshlarning sevimli xonandalari Bobir Kenjayev, Feruzaxon Egamovalar tomonidan ijro etilgan ajoyib sheʼr va qoʻshiqlar tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.
Tadbirlar viloyatning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.