Namanganda "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" festivalining gala-konserti bo‘lib o‘tdi

22 Jun, 2023 - 11:17
526
Namanganda "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" festivalining gala-konserti bo‘lib o‘tdi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Namangan shahar Davlatobod tumanida joylashgan oʻziga xos tematik bogʻ “turistik tashrif qogʻozi”ga aylangan “Afsonalar vodiysi”da “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi “Yoshlar festivali”ning ochiq osmon ostida gala-konsert bo‘lib o‘tdi. 

Konsertda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov Namangan yoshlarini tabrikladi. Shuningdek faol yoshlar hamda yoshlar siyosatiga o‘z hissasini qo‘shgan faollar pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 

Festivalda yoshlarimizning sevimli san’atkorlaridan Tohir Sodiqov, Jahongir Foziljonov, Jaloliddin Ahmadaliyev, "Benom" guruhi, Jahongir Xo‘jayev (Sariq bola) va Didjey Makarello kabi yoshlarning sevimli xonanda va guruhlari o‘zlarining sho‘x kuy-qo‘shiqlari bilan barchaga xush kayfiyat ulashdi. 


Mazkur bayram dasturida Namanganning 10 mingdan ziyod faol yoshlar ishtirok etishdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash