“Turkiston” san’at saroyida Qozog‘iston madaniyati kunlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
21 Jun, 2023 - 11:21
494
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
O‘zbekistonda Qozog'iston madaniyati kunlari boshlandi. Tadbir dasturiga binoan 20-iyun kuniToshkent shahridagi “Turkiston” san’at saroyida Qozog‘iston madaniyat kunlarining ochilish marosimi va R.Baglanova nomidagi “Qozoqkonsert” davlat muassasasi ijodiy guruhining konsert dasturi o‘tkazildi.
Ochilish marosimida Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va sport vaziri o‘rinbosari Nurkissa Daueshov va O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekovning ishtirok etdi.
Konsert dasturida Qozog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan arbob Alisher Karimov, xalqaro tanlovlar sovrindorlari Ruxiya Baydukenova, Madi Sizdikov, “Gulder” ansambli, “Turan” folklor-etnografik ansambllarining chiqishlari namoyish etiladi.