“Yangi Oʻzbekistonning yangi isteʼdodlari” qoʻshiqlar teletanlovida eng yaxshilar saralandi
20 Jun, 2023 - 16:43
520
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan jamiyatimiz maʼnaviy hayotini yuksaltirishdagi muhim oʻrnini inobatga olib, yoshlarni ezgulikka, vatanparvarlikka hamda uni ulugʻlashga chorlaydigan, ularni maʼnaviy barkamol qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan isteʼdodli ijodkorlarni kashf etish hamda ragʻbatlantirib borish maqsadida “Yangi Oʻzbekistonning yangi isteʼdodlari” qoʻshiqlar teletanlovi oʻtkazilmoqda.
Teletanlov Madaniyat va turizm vazirligi hamda Milliy teleradiokompaniya ortasida tuzilgan qoʻshma qarorga binoan 16-35 yoshdagi ijodkor yoshlar oʻrtasida, ikki bosqichda tashkil etildi.
Birinchi hududiy bosqichlar 14-17-iyun kunlari oʻtkazilgan boʻlsa, 20-iyun kuni ikkinchi Respublika bosqichi ikki turda Toshkent shahri, Uchtepa madaniyat markazida otkazildi.
Hakamlar hay’ati a’zolari sahnada oʻz iqtidorini namoyish qilgan yosh iste’dodlarni baholab bordi va eng yaxshi deb topilgan 10 nafar ishtirokchi saralab olindi.
Ikkinchi tur 21-iyun kuni “Madaniyat va maʼrifat” telekanalida oʻtkaziladi. Shu kuni tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtadi.