Qatar mediabozorida O‘zbekiston madaniyati va turizmi salohiyati keng targ‘ib qilinadi

17 Jun, 2023 - 00:39
540
Qatar mediabozorida O‘zbekiston madaniyati va turizmi salohiyati keng targ‘ib qilinadi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Madaniyat va turizm vaziri O.Nazarbekovning Qatardagi xizmat safari davom etmoqda. Tashrif rejasiga ko‘ra, vazir Doha shahrida jahon media bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan nufuzli telekanali –“Al Jazeera” qarorgohida hujjatli film va materiallarga ixtisoslashgan "Al Jazeera Documentary Channel" hamda "Al Jazeera Arabic" yangiliklar telekanallari rahbariyati va jamoasi bilan uchrashdi.

Arab media dunyosidagi yangi hamkorlarimiz muloqot chog‘ida xujjatli filmlar, arab va ingliz tilidagi yangiliklarga ixtisoslashgan telekanallar faoliyati, imkoniyatlari, ishlash uslubi va texnologik yangiliklar bilan yaqindan tanishtirdi.

Shuningdek, hamkorlar bilan aniq reja va loyihalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Qatarda mavjud kontent: mashhur kinofilmlar, konsert va kuylar, promo, hujjatli yoki tarixiy materiallarni dublyaj qilgan holda paritet asosda efiga uzatish, “Al Jazeera” media tarmog‘i bilan ikki yillik hamkorlik “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, bunda asosiy e’tiborni O‘zbekistondagi yirik tadbir va loyihalarni, mamlakatimiz turizm salohiyati, madaniy meros, serjilo madaniyati va urf odatlarini arab dunyosida keng yoritishga qaratish hamda kinoinsanoat yo‘nalishida O‘zbekistondagi imkoniyatlar bilan tanishish, yurtimizdagi kinolokatsiyalarni targ‘ib etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Hamkorlikdan maqsad, arab va musulmon dunyosining eng yiring media tarmog‘i bo‘lgan “Al Jazeera” bilan mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali qisqa fursatlarda arab dunyosidagi 400 milliondan ortiq auditoriyani zabt etish, sayyohlar oqimini ko‘paytirishdan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash