Muzrabotda qayta ta'mirlangan Yangiobod madaniyat markazi binosi foydalanishga topshirildi
15 Jun, 2023 - 00:36
506
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Surxondaryo viloyatining Muzrabotdagi “Obi-hayot” mahallasida 29-sonli Yangiobod madaniyat markazining zamonaviy tipda rekonstruksiya qilingan binosi foydalanishga topshirildi.
Madaniyat markazida jami qiymati 2,7 mlrd so‘m bo‘lgan qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, ko‘rkam, zamonaviy qiyofaga kirdi.
Madaniyat markazining tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, tuman mutasaddilari, nuroniylar, madaniyat sohasi vakillari ishtirok etishdi. Mehmonlar markazning yangilangan binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Yig‘ilganlar uchun yangi zalda konsert dasturi namoyish etildi.