22-23-iyun kunlari Samarqand shahrida “Focus on Tourism & Creative Economy” xalqaro kongressi o‘tkaziladi

13 Jun, 2023 - 19:20
452
22-23-iyun kunlari Samarqand shahrida “Focus on Tourism & Creative Economy” xalqaro kongressi o‘tkaziladi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Madaniyat va turizm vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti,

 Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis institutlari hamkorligida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 202З-уil 26-арrеldаgi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va, xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar tog‘risida”gi PQ-135-sonli qarorining 5z-ilova 46-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-martdagi “2023-yilda Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasini yuqori darajada tashkil etish va Shaxrisabz shahrining “2024-yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomini olishiga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 98-son qarori 3-ilovasining 7-bandida Samarqand shahrida “Focus on Tourism & Creative Economy” xalqaro kongressini o‘tkazish topshirig‘i ijrosi yuzasidan 2023-yil 22-23-iyun kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Focus on Tourism & Creative Economy” xalqaro kongressi o‘tkazilishini e’lon qilamiz.

Konferensiyada muhokama qilinadigan asosiy masalalar:

·       Konferensiya o‘tkazilishidan asosiy maqsad kreativ iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan va ish o‘rinlari yaratadigan turizm sohasidagi tadbirkorlik yo‘nalishlarini tahlil qilish.

·       Turizm sohasidagi yangi ehtiyojlarni qondirish uchun turli xil ijodiy industriyalar yaratish loyihalari taqdimotini tashkil etish.

·       Turizmni rivojlantirishni rag‘batlantirishda kreativ iqtisodiyotning kuchli tomonlari, imkoniyatlari va tahdidlarini tahlil qilish.

·       Tadbirkorlik subyektlari, yoshlar ishtirokida jahon bozorida turizm sohasidagi ilg‘or tajribalar, turizmning eng yangi kreativ turlarini mamlakatda joriy qilishga qaratilgan anjumanlar va seminarlar tashkil etishni nazarda tutadi.

Konferensiya tashkilotchilari:

  •  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
  •  Madaniyat va turizm vazirligi
  •  Yoshlar siyosati va sport vazirligi
  •  Samarqand viloyati hokimligi
  •  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Konferensiya rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz tillari.

Konferensiya formati: gibrid (oflayn va onlayn tadbir platformasi).

Konferenisyaga ishtirok etishni xoxlovchilar quyidagi yo‘llar bilan ishtirok etishlari mumkin:

-        Materiallarni (tezis, maqola) konferensiya to‘plamida nashr etish uchun yuborish;

-        Ishtirokchilarning o‘z ma’ruzalari bilan qatnashishlari/materiallarni nashr etish;

-        Delegat sifatida ishtirok etish (shaxsan va onlayn).

Anjumanda professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, tadqiqotchilar, aspirantlar, talabalar va soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.

Konferensiya to‘plamiga materiallarni yuborish qoidalari

Talablarga muvofiq bajarilgan ishlar, shuningdek, to‘ldirilgan anketa (1-ilova) konferensiya tashkiliy qo‘mitasining elektron pochtasiga yuborilishi shart.

Ilova va tezislar Word formatida yuborilishi kerak - birinchi muallifning ismi ko'rsatilgan fayllar, masalan: “Azizov.tezis.doc”. Maktubning mavzusi: “Konferentsiya”.

Barcha ishlar plagiat uchun tekshiriladi. Formatlash talablariga javob bermaydigan materiallar tahririyat tomonidan rad etiladi.

Arizalar 2023-yil 20-iyunga qadar quyidagi elektron pochta orqali qabul qilinadi:

orzubek.inoyatov@univ-silkroad.uz

inoyatov.orzubek@mail.ru

Telegram raqami: +998 91 318 20 20; user@INOYATOV225

Konferensiya tili: o‘zbek, ingliz, rus.

Ilmiy-amaliy konferensiyaga taqdim etilgan maqola va tezislar to‘plam ko‘rinishida chop etiladi, eng yaxshi o‘nta maqola “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tasarrufidagi “The Journal of Silk Road Tourism Studies ” jurnalida bepul chop etiladi.

Tezis matnlarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:

- tezislar matnlari Times New Roman shriftida, 14 o‘lchamda, 1,5 intervalda, 5-10 bet hajmda yozilishi va tahrir qilinishi;

- avtoreferat mavzusi tepasida muallifning ismi-sharifi, unvoni, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi, telefon raqami va elektron pochta manzili to‘liq ko‘rsatilishi kerak;

- mavzudan keyin konspekt, uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz) kalit so‘zlar va to‘liq mazmuni yoziladi;

- avtoreferat oxirida alohida ilmiy, nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo'lgan taklif va tavsiyalar berilishi kerak;

- matnni joylashtirishda sahifa chegaralari o‘rnatiladi: tepadan 2,5 sm, pastdan 2,5 sm, o‘ngdan 2,5 sm, chapdan 2,5 sm;

- tezislar matni 1 nusxada qog‘ozda va elektron shaklda “Microsoft Word 2003, 2007” formatida taqdim etiladi;

- referat matni mavzuga oid nazariy masalalarni amaliy yechimlari bilan bir qatorda qamrab olishi kerak.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash