“Welcome to Bukhara-Motherland of Imam Bukhari”. Indoneziyada Buxoro viloyati turizm salohiyati targ’ibot qilinmoqda
12 Jun, 2023 - 18:58
465
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Indoneziyaning “InfoKawasan” tashkiloti vakillari bilan uchrashuvda, tashkilot tomonidan Indoneziyaning “ANTARA” televideniyesida, Jakarta va boshqa markaziy shaharlari koʻchalaridagi 80 dan ortiq, 8x4m hajmdagi SCREEN ekranlarida, markaziy vokzal, aeroport, tibbiyot muassasalari, bank binolarida joylashgan 700 dan ortiq tablolarida hamda mamlakatda mashhur boʻlgan milliy “IndoChat” ijtimoiy tarmogʻida Buxoro viloyatining turistik salohiyatini targʻib qilishga doir kelishuvga erishildi.
Natijada Indoneziya boʻylab tashkilotga tegishli tashqi va ichki reklama ekranlarida hamda “IndoChat” ijtimoiy tarmogʻida sayyohlarni Buxoro viloyatiga chorlovchi “Welcome to Bukhara-Motherland of Imam Bukhari” shiori ostida targʻibot ishlari olib borilmoqda.
Qolaversa, Buxoroning turistik salohiyatini davomli tarzda targʻib qilish maqsadida, hamkorlikda yillik media-reja ishlab chiqish hamda uni yil davomida kompaniyaga tegishli tarmoqlar orqali targʻibot qilishga kelishildi.