Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri va Braga shahrining “Teatro Sirko” teatri o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

10 Jun, 2023 - 20:32
427
Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri va Braga shahrining “Teatro Sirko” teatri o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Portugaliyaning Braga shahar teatri taklifiga binoan Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri delegatsiyasi ushbu mamlakatda xizmat safarida bo'lib turibdi.

Ijodiy safarning ilk kunida, dasturga ko‘ra shaharning madaniy meroslari bilan tanishildi. Jumladan, Braga shahrining “Teatro Sirko” teatrining imkoniyatlari o‘rganilib chiqildi. XVII asrda qurilgan teatr binosi 2012-2020-yillari qaytadan rekonstruksiya qilingan va eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanib, 650 tomoshabinga mo‘ljalangan teatrga aylangan.

Safar dasturi doirasida Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri direktori O‘tkir Mahmatqulov va Portugaliya davlati, Braga shahar teatri - “THEATRO CİRCO” direktori va Badiiy rahbari Rui Madeyra o‘rtasida ijodiy hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha memorandum imzolandi.

Memorandumga binoan joriy yilning avugst oyida Rui Madeyra Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida A.Chexovning “Taklif” va “To‘y” pyesalari motivlari bo‘yicha spektakl sahnalashtirishiga kelishildi.

Ushbu hamkorlikda sahnalashtirilgan spektakl 2024-yili may oyida Braga shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan xalqaro festivalda ishtirok etish uchun taklif etildi. Shuningdek, 2024-yili o‘zbekistonlik rejissyor Portugaliya davlatida o‘zbek dramaturgiyasidan spektakl sahnalashtirishga taklif etiladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash