Sharja Muzeylar boshqarmasi o’zaro tajriba almashinuvda Buxorodagi muzeylar bilan hamkorlik qiladi
10 Jun, 2023 - 19:55
414
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
BAA ning Sharja muzeylari boshqarmasi(SMA)- 2006 yilda avtonom hukumat organi sifatida tashkil yetilgan. Mazkur tashkilot Sharja boʻylab islom sanʼati va madaniyati, arxeologiyasi, merosi, ilm-fan, dengiz hayoti, shuningdek, Sharja va mintaqa tarixini oʻz ichiga olgan turli sohalarni qamrab olgan 16 ta muzeylarni nazorat qiladi.
Buxoro viloyati delegatsiyasi BAA ga tashrifi davomida Sharja Muzeylar boshqarmasida bo’ldi.
Boshqarma rahbariyati bilan suhbat chog’ida Buxoroning Ark muzey-qo’riqxonasi tarixi hamda Buxoro viloyatining 18 ta muzeylari salohiyati haqida taqdimot qilindi.
Shuningdek, Ark muzey-qoʻriqxonasi xodimlarining tushunchasi va malakasini oshirish, muzeylarda mavjud ekspozitsiyalar va eksponatlar mohiyatini mahaliliy va xorijiy sayyohlarga toʻgʻri va aniq yetkaza bilish, muzeylarning dizaynerlik va ekspozitsionerlik faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyishda, Sharja muzeylar boshqarmasi tajribasini oʻrganish bo’yicha kelishuvlarni amalga oshirish kerakligi ta’kidlandi.