O‘zbekiston va Tatariston teatrlari  o‘rtasidaMemorandum imzolandi

10 Jun, 2023 - 12:06
453
O‘zbekiston va Tatariston teatrlari  o‘rtasidaMemorandum imzolandi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi ijodiy safar bilan Qozon shahrida bo'lib turibdi.

Tashrif doirasida teatr direktori D.Mirzaliyev va G.Kamal nomidagi Tatariston davlat akademik drama teatri direktori I.Yakupov tomonidan xalqaro ijodiy Memorandum imzolandi.

Memorandumda  ikki davlat madaniy aloqalarini yanada mustahkamlash, rejissyorlar, rassomlar, aktyorlar, dramaturglar o‘rtasida o‘zaro ijodiy tajriba almashish, hamkorlikkda yangi spektakllar sahnalashtirish, festivallar, gastrol safarlarini uyushtirish belgilab qo'yilgan.

Bu kabi xalqaro aloqalar ikki davlat o‘rtasidagi ijodiy madaniy munosabatlar va turizm rivojli uchun katta imkoniyatlar demakdir.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash