Xiva shahrida “III International Pahlavon Mahmud Strongmen Games” xalqaro turniriga start berildi
10 Jun, 2023 - 11:47
451
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
17 davlatdan tashrif buyurgan sportchilar bugungi bellashuvlarda 3 ta yo‘nalishda o‘z omadini sinovdan o‘tkazmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqaning birinchi bosqichida alp qomat yigitlar birinchi marta 200 kilolik qumdan tayyorlangan yuklamani Qoʼqon aravasiga yuklab, 20 metrga kim tez olib kelish boʼyicha bellashayapti.
Ikkinchi shartda esa polvonlar 400 kilogrammlik yuklamani yelkada koʼtargancha 20 metr masofaga olib kelish boʼyicha kuch sinashadi. Bunda ham tezlik muhim oʼrin tutadi.
Uchinchi bosqichda polvonlar 140-160-180-200 kilolik yuklamalarni 120-150-170-200 metr balandlikka kim tez oʼrnatishda musobaqalashadi.
Umuman olganda, ushbu turnirda polvonlarning nafaqat kuchi, balki epchillligi, chaqqonligi va bardoshliligi ham sinovdan oʼtkaziladi.