Qarshi shahri xalqaro folklor festivaliga mezbonlik qilmoqda
10 Jun, 2023 - 01:44
528
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Prezidentimizning “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bugun Qarshi shahrida turkiy xalqlar vakillari ishtirokida “Chanqovuz va sibizg‘a” xalqaro folьklor festivali o‘tkazildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur festival O‘zbekiston tomonidan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) bilan hamkorlik doirasida ilgari surilgan “Tabarruk ziyorat” turizm kontseptsiyasiga asosan turkiy xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash va TDTga a'zo mamlakatlardan turistlarni jalb qilish uchun tashkil etilmoqda.
Festival yakunida tantanali taqdirlash marosimi tashkil etilib, g‘olib va ishtirokchilarga tashkilotchilarning diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.