Buxoroda madaniyat xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi

08 Jun, 2023 - 23:43
546
Buxoroda madaniyat xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Joriy yilning 8-iyun kuni Buxoro viloyati Vobkent tuman 27-son Madaniyat markazida O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining madaniyat markazi xodimlari uchun "Ijodiy makon" bosh g'oyasi asosida madaniyat markazlarida to'garak, studiya va jamoalar faoliyatini tashkil etish, madaniyat markazlarida pullik xizmatlarni yo'lga qo'yishga bag'ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar-treningga rahbar va ijodiy xodimlardan iborat 300 nafardan ortiq xodimlar ishtirok etdi. Dastlab seminar ishtirokchilari tantanali tarzda kutib olinib, markaz faoliyati bilan qisqacha tanishdilar.

Seminarda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi mas'ul mutaxassislari hamda Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish metodik markazi vakili vazirlikning 34-son hamda 238-son buyruqlari yuzasidan tushuncha va ma'lumotlar berdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash