Samarqandda madaniyat xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi
07 Jun, 2023 - 22:17
565
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Joriy yilning 7-iyun kuni Samarqand viloyati 1-son Madaniyat markazida O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirigining 2023-yil 16-fevraldagi 34-son hamda 2023-yil 15-maydagi 238-son buyruqlariga asosan Madaniyat markazi xodimlari uchun "Ijodiy makon" bosh g'oyasi asosida madaniyat markazlarida to'garak, studiya va jamoalar faoliyatini tashkil etishga hamda madaniyat markazlarida qo'shimcha pullik xizmatlarni yo'lga qo'yishga bag'ishlangan seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminar-treningga rahbar va ijodiy xodimlardan iborat 350 nafardan ortiq xodimlar ishtirok etishdi. Dastlab seminar ishtirokchilari tantanali tarzda kutib olinib, markaz faoliyati bilan qisqacha tanishdilar.
Seminarda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi mas'ul mutaxassislari hamda Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish metodik markazi vakili vazirlikning 34-son hamda 238-son buyruqlari yuzasidan tushuncha va ma'lumotlar berdi.