Xiva shahrida XIX asrga oid "Tosh hovli" saroyini taʼmirlash ishlari loyihasi yakunlandi
06 Jun, 2023 - 12:23
516
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Maʼlumki, AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Xiva shahri, "Ichan qalʼa"davlat muzey -qo‘riqxonasi hududida joylashgan "Tosh hovli" tarixiy-meʼmoriy majmuasida taʼmirlash ishlari uchun grant mablag‘i ajratilgan edi.
"Tosh hovli" tarixiy-meʼmoriy yodgorlik majmuasida grant loyihasi asosida taʼmirlash tadbirlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
3-iyun kuni AQSH ning O‘zbekistondagi elchisi janob Jonatan Henik loyiha ijrosi bilan yaqindan tanishish maqsadida Xivaga, muzey-qo‘riqxonaga tashrif buyurdi. Nufuzli mehmon Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari, "Ichan qalʼa" davlat muzey-qo‘riqxonasi direktori, grant loyihasi ijrochilari vakili va boshqalar hamrohligida amalga oshirilgan taʼmirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Jonatan Henik taʼmirlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlangani bilan qutlar ekan, butun insoniyat tarixiga xizmat qiluvchi noyob obidani asrab-avaylash ishlariga hissa qo‘shganliklaridan mamnun ekanligini izhor etdi hamda bu kabi xayrli tadbirlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik kelgusida ham davom etishini alohida taʼkidlab o‘tdi.