Marg‘ilonda “O‘rta asrlarda Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
02 Jun, 2023 - 19:49
487
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Marg‘ilon shahar Raqamli texnologiyalar markazida “O‘rta asrlarda Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Madaniyat va turizm vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi, Respublika “Hunarmand” uyushmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.
Konferensiya qiziqarli ma’ruzalar va muhokamalarga boy bo‘ldi. Jumladan, o‘zbekistonlik va xorijlik mutaxassislarning O‘zbekistonda ipakning paydo bo‘lishi tarixi, «Buyuk ipak yo‘li merosining bir qismi sifatida Marg‘ilon ipaklari: YUNЕSKOning nomoddiy merosi ro‘yxatiga kiritish”, “Qo‘qon xonligining xalqaro munosabatlarida Marg‘ilon ipagi”, “Qo‘qon xonligi xunarmandchiligida marg‘ilonlik ipakchi xunarmandlarning tutgan o‘rni”, “Buyuk ipak yo‘lida O‘zbekiston va Italiyaning, sehrli sintezi” va boshqa qiziq mavzulardagi ilmiy ma’ruzalari tinglandi.