Madaniyat va turizm vazirligi hamda “Crescent Rating” kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi
02 Jun, 2023 - 16:55
440
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Avval xabar berganimizdek, Madaniyat va turizm vazirligi delegatsiyasi vakillarining Singapurdagi safari amaliy natijalarga boy bolmoqda.
Delegatsiya a'zolari shu kunlarsa bo‘lib o‘tayotgan “Halal in travel world summit” butunjahon konferensiyasida ishtirok etmoqda.
Nufuzli tadbir doirasida delegatsiya rahbari Zarrina Abdullayeva va O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi Qahramon Shokirov boshchiligidagi delegatsiya Singapur Respublikasining “Crescent Rating” kompaniyasi prezidenti janob Bahardeen Mohamed Fazal bilan uchrashib, O‘zbekiston ziyorat turizmi salohiyatini butun dunyoga tanitish va musulmon ziyoratchilari uchun qulayliklar yaratish borasida muzokaralar o‘tkazdi.
Muzokaralar yakunida Madaniyat va turizm vazirligi va “Crescent Rating” kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Unga ko‘ra, kelajakda O‘zbekistonga musulmon dunyosi sayohatchilarini ko‘proq jalb etishda ziyorat va Halol turizmni yanada rivojlantirishda hamkorlik qilinadi.