Butunjahon sanitar gigiyenik shoxobchalar tashkiloti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

01 Jun, 2023 - 14:11
446
Butunjahon sanitar gigiyenik shoxobchalar tashkiloti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Madaniyat va turizm vazirligi delegatsiyasi Singapur Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Singapurda bo‘lib o'tayotgan "Halal in travel world summit" doirasida Madaniyat va turizm vazirligi hamda Butunjahon sanitar gigiyenik shoxobchalar tashkiloti (WTO) o'rtasida uchrashuv tashkil etildi hamda hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Uchrashuv davomida vazirlik mas'ul xodimi Hayitova Muhayyo Xolmurodovna va Xalqaro sanitar gigiyenik shoxobchalar tashkiloti prezidenti janob Jek Sim har bir mamlakatda turizmning muhim elementi bo'lgan sanitar gigiyenik shoxobchalarning holatini yaxshilash hamda sohaga Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli kreditlarini jalb qilish yuzasidan bir qator aniq kelishuvlarga erishdilar.

Jumladan, joriy yilning noyabr oyida O'rta Osiyoda birinchi marta O'zbekistonda Butunjahon sanitar gigiyenik shoxobchalar sammitini o'tkazish rejalashtirildi.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash