«Psearcher» jurnalining O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyoti va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan maxsus soni nashr etildi
01 Jun, 2023 - 13:29
432
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Xitoyning “Psearcher” jurnalining maxsus soni “O‘zbekistonga sarmoya” deb nomlangan.
Nashr sahifalarida ingliz va xitoy tillarida o‘quvchilarni O‘zbekistonda siyosiy, iqtisodiy, sarmoyaviy, turizm va boshqa sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va o‘zgarishlar jarayonlari bilan tanishtiradigan maqolalar o‘rin olgan.
Ular orasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, mamlakatimizning istiqbolli sarmoyaviy salohiyati, Parijdagi Luvr muzeyida ochilgan “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi, shuningdek, “Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab turizm”, Xitoy delegatsiyasi ilk bor qatnashgan Namangandagi xalqaro gullar festivali hamda “O‘zbekistonga sayohat uchun ma’lumot” singari mavzudagi maqolalar mavjud.
“Psearcher” jurnali Xitoy Xalq Respublikasining vazirlik va idoralari, Pekinda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar, shuningdek, Xitoyning yirik kompaniyalari, tahliliy markazlari va ilmiy-tadqiqot institutlariga keng tarqatiladi.