Madaniyat va turizm vazirligi delegatsiyasi Singapurda bo'lib turibdi

31 May, 2023 - 23:43
512
Madaniyat va turizm vazirligi delegatsiyasi Singapurda bo'lib turibdi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Shu kunlarda Madaniyat va turizm vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari Singapur Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Safar rejasiga ko‘ra, bugun delegatsiya Singapur Sayyohlik agentliklari milliy assotsiatsiyasi (NATAS) Bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar,  jumladan ziyorat turizmini rivojlantirish va mamlakatimizga Singapurdan keladigan turistlar oqimini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.

Singapur sayyohlik agentligi milliy asotsatsiyasi ijrochi direktori Charlz Tang, O‘zbekistonda turizm potensiali katta ekanini Samarqand, Buhoro,  Xiva kabi tarixiy shaharlarimizga qiziqishlari katta ekanini takidladi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash