"Buyuk ipak yo‘li" xalqaro folklor musiqa festivalida jamoalar ijodiy chiqishlar qildi
31 May, 2023 - 18:26
460
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Xabaringiz bor ayni kunlarda go‘zal Marg‘ilon shahri "Buyuk ipak yo‘li" xalqaro folklor musiqa festivaliga mezbonlik qilmoqda.
Musiqa festivali doirasida xalq ijodiyotining 3 ta yo‘nalishi, jumladan musiqa ijrochiligi, raqs va xalq og‘zaki ijodiyoti ( o‘lan, lapar, alla va h.k.)da jami 14 ta jamoa, 85 nafardan iborat havaskor san’atkorlar tomonmdan ijodiy chiqishlar namoyish etildi.
Ijodiy jamoalarning sahnadagi ijrolarini festivalning Xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
G‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi 2023-yilning 31-may kuni Marg‘ilon shahridagi Ijodkorlar bog‘ida bo‘lib o‘tadi.
Fotosuratlar muallifi Husniddin Ato