Surxondaryoning turizm salohiyati Tailanddagi xalqaro seminarda namoyish etildi

31 May, 2023 - 16:52
453
Surxondaryoning turizm salohiyati Tailanddagi xalqaro seminarda namoyish etildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Tailand poytaxti Bankok shahrida “O‘zbekistonda buddizmning boy merosi. Kushonlar va buddizmning O‘rta Osiyo orqali Ipak yo‘li bo‘ylab tarqalishi” nomli O‘zbekiston madaniy merosi va ziyorat turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy seminar o‘tkazildi.

 

Tailandning muhim diniy bayramlaridan biri “Visaxa Bucha kuni” xalqaro bayrami 26 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda yetakchi diniy ulamolar, siyosiy, akademik va madaniy doira hamda diplomatik korpus vakillari, shuningdek, Surxondaryo viloyati delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Xalqaro seminarda O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida madaniy aloqalar tarixi, Surxondaryo viloyatining yangi turizm brendi, ziyorat, tibbiy, gastronomik, sport turizmi va ekoturizm yo‘nalishlaridagi mavjud sayyohlik salohiyati va ziyoratchilar uchun yaratilgan qulayliklar, 2023-yilda viloyatda o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan kelajakda Tailand bilan O‘zbekistondagi buddaviylik obidalari tarixini o‘rganuvchi, hamkorlikda arxeologik qazishmalar, topilmalarni qayta tiklash va ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi Madaniy-ilmiy markaz, Ilmiy tadqiqot instituti tuzish imkoniyatlarini o‘rganish taklifi bildirildi.

Surxondaryo viloyatidagi buddaviylik yodgorliklarini yanada keng o‘rganish, ularni asrab-avaylab, qayta tiklash, muzeylashtirish va ziyoratchilar uchun munosib sharoitlar yaratishda texnologiyalar va mutaxassislar jalb etish bo‘yicha Tailand tomoni bilan hamkorlikda ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Shuningdek, viloyat delegatsiyasi tomonidan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilib, viloyat turizm salohiyati bo‘yicha taqdimotlar qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash