Madaniyat va turizm boshqarmasi vakillaridan iborat Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Tailandda
31 May, 2023 - 02:27
414
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Ayni shu kunlarda Madaniyat va turizm boshqarmasi vakillaridan iborat Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Tailand Respublikasida safarda bo'lib turibdi.
Surxondaryo viloyati delegatsiyasi O'zbekistonning Bankok shahridagi bosh konsulxonasida “O'zbekistonda buddizmning boy merosi: Kushonlar va buddizmning O'rta Osiyo orqali Ipak yo'li bo'ylab tarqalishi” hamda “Visaxa Bucha” kuni bayramining 26 yilligi munosabati bilan o'tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro tadbir oldidan Tailand tomoni bilan qator uchrashuv va muzoqaralar o'tkazmoqda.