Vazirlik mas’ul xodimlaridan iborat guruh Qashqadaryo viloyatida bo'ldi

30 May, 2023 - 12:16
606
Vazirlik mas’ul xodimlaridan iborat guruh Qashqadaryo viloyatida bo'ldi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Joriy yilning 26-27-may kunlari Madaniyat va turizm vazirligi mas’ul xodimlaridan iborat guruh Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi 10- va 22-son, Shahrisabz tumanidagi 2-son bolalar musiqa va san’at maktabi hamda Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabida bo‘lib, o‘quv jarayonlari, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, maktab va professional ta’limda olib borilayotgan ishlar, yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida tashkil qilingan darslar bilan tanishdilar.

Shu bilan birga o‘quv yili yakuni bo‘yicha tashkil etilgan hisobot konsertlarida ishtirok etdilar.

Tashrif doirasida respublika professional ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash