Yevropalik mashhur estrada xonandasi Laima Vaikule Samarqandning turizm salohiyatini xorijda targ'ib etishda hamkorlik qiladi
29 May, 2023 - 13:02
517
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Samarqand viloyati delegatsiyasining Latviyadagi xizmat safari davomida Madaniy turizmni rivojlantirish, turli xil festival va tadbirlar orqali xorijiy sayyohlarni Samarqqandga jalb qilish maqsadida Latviya xalq artisti Laima Vaikule bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda, Laima Vaikule Latviya xalq artisti bilan birgalikda Samarqand viloyatida madaniy turizmni rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Muhokama jarayonida kelasi yil Samarqadda “Xalqaro qo‘shiq festivali”ni o‘tkazish muhokama qilindi. Shuningdek, Laima Vaikule o‘zining ijodiy safarlari va katta konsert dasturlari doirasida foto zonalarda Samarqandning turizm salohiyatini targ‘ibot qilishda amaliy yordam ko'rsatishga tayyorligini ma'lum qildi.
Ma'lumot uchun: Laima Vaike Yevropa mamlaktlari hamda MDHda mashhur aktrisa, qo'shiqchi hamda xoreograf hisoblanadi. Uning "Ещё не вечер", "Чарли" kabi qo'shiqlari xalq orasida juda mashhur.