Xalqaro mug‘om festivali g'oliblarini vazir Ozodbek Nazarbekovning o'zi kutib oldi

25 May, 2023 - 14:25
470
Xalqaro mug‘om festivali g'oliblarini vazir Ozodbek Nazarbekovning o'zi kutib oldi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Joriy yilning 16-23-may kunlari Boku shahrida o'tkazilgan XIII Xalqaro mug‘om festivali g'oliblari bugun tunda Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo'ndi. Ularni Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi mas'ullar karnay-surnay sadolari ostida kutib oldi.

Ushbu festivalda Madaniyat va turizm vazirligi tasarrufidagi R.Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi Umarjon Akmalov 1-o‘rinni, ikki nafar Namangan viloyatining 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Madina Karimjonova hamda R.Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi Sardor Narzullayevlar 2-o‘rinni, shuningdek, bir nafar Abdurauf Fitrat nomidagi Buxoro maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchisi Og‘abek Axtamov faxrli 3-o‘rinni egalladi.

“Eng yosh mug‘om ijrochisi” sifatida R.Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi Umarjon Akmalov e’tirof etildi.

"To'g'risi, judayam qattiq xayajondaman. Chunki bu maqom san'ati yo'nalishida biz qo'lga kiritgan Yangi O'zbekistonning birinchi yutug'i deb ayta olaman. Dunyoning eng zo'r maqomchilari orasida bir emas, birdaniga 3 ta o'rinni egallash hammaga ham nasib etmaydigan baxt! Bu o'zbek san'atining bugun qanchalar darajada yuksalib borayotganining xalqaro miqyosdagi e'tirofidir. Boshqacharoq aytganda, milliy musiqamiz, xususan maqomchilik san'atini rivojlantirish uchun yurtimizda yaratib berilgan keng sharoitlarning mevasidir", deydi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash