“The Investor” nashrida Ozodbek Nazarbekov bilan suhbat eʼlon qilindi

18 May, 2023 - 12:02
584
“The Investor” nashrida Ozodbek Nazarbekov bilan suhbat eʼlon qilindi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Fransiyaning “Beyond Investments Group” yetakchi konsalting kompaniyasi tomonidan chop etiladigan “The Investor” xalqaro nashrida Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan intervyu eʼlon qilindi.

Materialda O'zbekistonning turizm borasidagi strategiyasi, salohiyati va uni roʼyobga chiqarish bo'yicha qilinayotgan ishlar, rejalar, yechimini kutayotgan masalalar, bir soʼz bilan aytganda, turizm mamlakat iqtisodiyotining muhim boʼgʼiniga aylanishi yoʼlida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida atroflicha maʼlumotlar berilgan. 

Shu oʼrinda maʼlumot: "The Investor" jurnali rivojlanayotgan bozorlarda biznes va turmush tarzi, jahon biznes rahbarlarining fikrlari hamda global iqtisodiyotning kelajagini shakllantirayotgan kompaniyalar, tendensiyalar va jamiyat haqidagi tushunchalarni oʼz ichiga oluvchi sarmoyadorlar uchun keng qamrovli nashr sanaladi. Oʼquvchilarining 76 foizi yuqori lavozimli shaxslar bo'lib, yiliga 84 ming nusxada chop etiladi. 

2018-2022-yillarda "The Investor" jurnali Аrgentina, BАА, Gretsiya, Malayziya, Urugvay, Ukraina kabi davlatlarga bagʼishlangan. Shuningdek, kompaniya tomonidan 2007-yildan buyon 48 mamlakatda 165 mingdan iborat sarmoyadorlar tarmogʼi yaratilgan.

Maqolaning to'liq o'zbekcha matni saytimizda e'lon qilinadi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash