Opera teatrning gastrol safari davom etmoqda

20 Apr, 2023 - 14:03
499
Opera teatrning gastrol safari davom etmoqda

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-dekabrdagi PQ-64-sonli qaroriga muvofiq Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining Jizzax viloyatiga gastrol safari yuqori saviyada tashkil etildi.

Gastrol safari doirasida Jizzax viloyati musiqali drama teatri sahnasida O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov boshchiligidagi teatrning yetakchi solistlari, orkestr hamda xor jamoasi ishtirokida katta gala konserti tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

Katta teatrning gastrol safari respublikamiz bo‘ylab davom etmoqda

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash