15-aprel Madaniyat va san’at xodimlari kuni
15 Apr, 2023 - 17:03
800
Axborot va matbuot xizmati
Yurtimizda ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan –milliy yuksalish sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli islohotlar xalqimiz qalbida bugungi kunga shukronalik, ertangi yorug‘ kelajakka umid va ishonch tuyg‘ularini tobora kuchaytirmoqda.
Bu yo‘nalishdagi islohotlar jarayonida madaniyat, adabiyot, kino, teatr, tasviriy san’at, musiqa va san’atning barcha turlarini rivojlantirish, soha namoyondalari faoliyatini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olish asnosida o’tgan 2021-yil 7-iyun kuni muhtaram Perzidentimiz tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida” 694-sonli Qonunga imzo chekildi.
Shu munosabat bilan, 2022-yilning 15-aprel kuni ilk bora mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni sifatida keng nishonlandi.
Sana munosabati bilan yurtimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, o‘zbek milliy madaniyati va san’ati nufuzini jahon miqyosida oshirish, yosh iste’dod egalarining qobiliyati, salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida fidokorona mehnat qilgan va yuksak natijalarga erishgan yurtdoshlarimiz “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni, Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan iqtidorli yoshlarning 30 nafari “Nihol” mukofoti bilan taqdirlandilar.
Ushbu an’anani davom ettirish hamda yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar markazlarida mehnat qilayotgan madaniyat va san’at sohasi vakillari uchun bayram dasturxoni tashkil etildi va soha xodimlari qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, asosiy bayram tadbiri Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” anjumanlar saroyi”da o‘tkazildi.
Ushbu bayram tadbirida 150 nafarga yaqin madaniyat va san’at xodimlari “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Tadbir ishtirokchilariga iste’dodli yoshlar hamda taniqli san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari va go‘zal raqslari namoyish etildi